TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 26-sentyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda kitoblarni skaner qurilmasi orqali raqamlashtirish, kitoblarni qayta tahrirlash, shuningdek Google disk dasturida yaratilgan raqamlashtirilgan kitoblar jadvali haqida ham amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi.




