TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 5-sentabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda ABBYY FineReader dasturi bilan ishlash, skaner qilingan kitoblarni qayta tahrirlash, dastur qulayliklari, afzalliklari haqida amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi.