TAKM xodimlari uchun kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 28-mart kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari uchun kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminarda AKT xizmati tomonidan kitoblarni skanerlash, ularni ABBYY Fine reader dasturida qayta ishlash, serverlarga joylash boʻyicha ma'lumotlar berib oʻtildi. Xodimlarga ushbu jarayon amalda koʻrsatib oʻtildi.