TAKM xodimlari uchun kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi.
Joriy yilning 4-aprel kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari uchun kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsida AKT xizmati tomonidan kompyuterda matn va jadvallarni qo'yilgan talab darajasida ishlatish, matn va jadvallardagi xatoliklarni to'g'irlash uchun sozlamalardan foydalanish boʻyicha ma'lumotlar berib oʻtildi. Xodimlarga ushbu jarayon amalda koʻrsatib oʻtildi.