TAKM xodimlari hamda kitobxon oʻquvchilar ishtirokida Kiber jinoyatlardan ogoh boʻlish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 14-noyabr kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlari hamda kitobxon oʻquvchilar ishtirokida Kiber jinoyatlardan ogoh boʻlish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda telegram orqali keladigan virusli APK fayllarni ochmaslik, pulingizni koʻpaytirib beramiz degan soxta treyderlarga ishonmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni tarqatmaslik va yana shunga oʻxshash kiber jinoyatlardan ogoh boʻlishlik borasida umumiy tushunchalar berib oʻtildi. AKM xodimlari va kitobxonlar ham bu borada oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, tushunmagan savollariga javob oldilar.



