"Taffakkurning kaliti kitobdir" nomi ostida yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi
Joriy yilning 22-aprel kuni "O'zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Do'stlik tuman axborat-kutubxona markazida "Taffakkurning kaliti kitobdir" nomi ostida yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilinib, unga Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalari jalb etildi. Ko'rgazmaga 50 dan ortiq eng yangi adabiyotlar qo'yilib, mazkur adabiyotlar haqida qisqacha sharhlar berib oʻtildi. Koʻrgazmada 20 nafar talabalar ishtirok etdi.


