“Tafakkur darvozasining ustunlari” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida jadidchilik harakati namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Tafakkur darvozasining ustunlari” nomli davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida boy ilmiy-ma’rifiy merosini keng targ‘ib etish, ularning vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini chuqur anglashga undashdan iborat bo‘ldi.Davra suhbatida jadidchilik harakatining yetuk namoyondalari — Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifat fidoyilarining hayoti, ijodi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr yuritildi. Ularning xalqni jaholatdan chiqarish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglashga da’vat etuvchi g‘oyalari bugungi kun yosh avlodi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.



