“Tafakkur darvozasining ustunlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida jadidchilik harakati namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Tafakkur darvozasining ustunlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — jadid bobolarimizning boy ilmiy va adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida kitobga mehr va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.Ko‘rgazmada Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadid namoyondalarining asarlari, ular haqidagi ilmiy-adabiy manbalar hamda tarixiy materiallar keng o‘rin oldi.