Tadbir “Kitob sehrgar, u dunyoni qutqaradi” nomi ostida o‘tkazildi.
14-noyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida 2-sinf o‘quvchilari uchun kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Tadbir “Kitob sehrgar, u dunyoni qutqaradi” nomi ostida o‘tkazildi.
Tashrif davomida kutubxona mutaxassislari o‘quvchilarga AKMning faoliyati, ko‘rsatiladigan xizmatlar, axborot-kutubxona fondi hamda kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, o‘quvchilar kitob ko‘rgazmalari, elektron kompyuter zali, erkin o‘quv zonalari va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.



