"Susambil" kitobiga sharh berildi
Joriy yilning 7-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar talab va istaklari bilan jahon xalq ertaklaridan "Susambil" kitobiga sharh berildi va eng qiziq ertaklardan parchalar aytildi. Sharh davomida kitobxon bolajonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'zlari o'qigan ertak kitoblardan so'zlab berdilar.


