Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 6-aprel sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar ishtirokida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy hayoti, harbiy san’ati, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda tariximizdagi o‘rni aks etgan adabiyotlar namoyish qilindi. Tadbir davomida kitobxonlarga Amir Temur hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirildi.
Mazkur ko‘rgazma yosh avlodni milliy tariximizni chuqur o‘rganishga, ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.


