"Soʼzda tarix qalbda haqiqat" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Doʼstlik axborot-kutubxona markazi xodimlari va "Ultimatium" oʼquv markazi bilan hamkorlikda Oʼzbekiston xalq yozuvchisi Musotoshmuhammad oʼgʼli Oybek tavalludi munosabati bilan "Soʼzda tarix qalbda haqiqat" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Oybekning "Qutlugʻ qon" asari yoritib berildi. Asarda bosh qahramon Yoʼlchining qilgan ishlari va soʼzlari oʼquvchilarni hayron qoldirdi va ularda asarga qiziqish uygʼotdi.Shuningdek oʼquvchilar 2 ta jamoaga boʼlinib, krassvord yechdilar. Gʼolib va faol ishtirok etgan jamoa tashakkurnoma bilan taqdirlandi.Davra suhbatida 14 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.




