“So‘z bilan bunyod etilgan abadiyat” deb nomlangan musiqiy tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 9-fevral sanasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “So‘z bilan bunyod etilgan abadiyat” deb nomlangan musiqiy tadbir tashkil etildi.
💎Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
🔖Tadbirni tashkil etishda hamkor tashkilotlar — 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya sinfi o‘quvchilari, 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-“G” sinf o‘quvchilari hamda 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.



