"Siyosiy bilim-mustahkam vatan" nomli siyosiy adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 18-avgust sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Siyosiy bilim-mustahkam vatan" nomli siyosiy adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ushbu koʻrgazmaga 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining faol kitobxon oʻquvchilari jalb etildi. Koʻrgazmada namoyish etilayotgan siyosiy asarlar mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻli, milliy davlatchilik asoslari, siyosiy islohotlar, demokratik qadriyatlar va fuqarolik jamiyati qurilishi kabi muhim masalalarni oʻz ichiga oladi.Ushbu koʻrgazma oʻquvchilarga mustaqil fikrlash, tahlil qilish va siyosiy jarayonlarda faol boʻlishga chorlaydi.Kitobga mehr, siyosiy adabiyotga eʼtibor kelajak uchun mustahkam poydevordir. Koʻrgazmada 10 nafar oʻquvchi ishtirok etdi va 15 dan ortiq kitoblar koʻrgazmaga qoʻyildi.



