“Siyosiy adabiyot – tafakkur taraqqiyoti” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Siyosiy adabiyot – tafakkur taraqqiyoti” nomli koʻrgazma tashkil etildi. Bugungi kunda siyosiy tafakkur har bir inson hayotida muhim oʻrin tutadi. Ushbu koʻrgazma jamiyatimizda siyosiy ongni yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng yoritishga xizmat qiladi.


