"Shox va shoir nozik qalb sohibi" nomli ko'rgazma tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan iste'dodli shoir,adib,zakovatli olim, tarixchi,ulkan davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Shox va shoir nozik qalb sohibi" nomli ko'rgazma tashkil qilindi. Ko'rgazmada 2-13-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari ishtirok etdi. O'quvchilarga Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"asari haqida qisqacha sharxlar berib o'tildi va boshqa yozuvchilarning Bobur haqida yozgan asarlari bilan ham tanishtirildi. Ko'rgazmaga 150 tadan ziyod kitob qo'yildi.