Shoira Balikulova va Asliddin Boliqulovning hammualliflikdagi qiziqarli maʼlumotlarga boy “Bizning dunyo” nomli ilmiy-ommabop kitobi nashr etildi.
Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali geografiya fani oʻqituvchisi Shoira Balikulova va Asliddin Boliqulovning hammualliflikdagi qiziqarli maʼlumotlarga boy “Bizning dunyo” nomli ilmiy-ommabop kitobi nashr etildi. “ILM NURI PRINT” nashriyotida chop etilgan mazkur kitob geografik bilimlar, sohaga doir qiziqarli maʼlumotlarni oʻzida jamlagan hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Ushbu yangi nashr bilan mualliflarni, jumladan, maktabimiz oʻqituvchisi Sh.Balikulovani tabriklaymiz.
