" Shoh va Shoir " nomli bellashuv tadbiri tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Temuriylar avlodining iste'dotli vakili, atoqli shoir, tarixchi, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan 7- 11 - 15-umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10 - sinf o'quvchilari ishtirokida " Shoh va Shoir " nomli bellashuv tadbiri tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo'yichi ya'ni Bobur siymosida g'azal aytish, Sahna ko'rinishi, Bobur hayotidan savol-javob sharti, hamda erkin mavzu shartlari bo'yicha oʻzaro bellashishdi. Tadbir qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻldi. Har bir maktabning chiqishlari, zukkoligi koʻpchilikning koʻnglida iliq taassurotlar uygʻotdi. Bellashuv so'nggida 11 - maktab o'quvchilari 1- o'rinni, 7 - maktab o'quvchilari 2 - o'rinni va 15 - maktab o'quvchilari 3 - o'rinni egallashdi. Bellashuvda 30 nafar o'quvchi yoshlar faol ishtirok etdi.