“She’rlarida hayot nafasi bor” nomli she’riyat kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 18-fevral sanasida Doʻstlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 18-umumiy oʻrta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda oʻzbek xalqining sevimli shoira va yozuvchisi Saida Zunnunova tavalludi munosabati bilan “She’rlarida hayot nafasi bor” nomli she’riyat kechasi tashkil etildi.
🔖She’riyat kechasida shoiraning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritilib, uning asarlarida Vatanga muhabbat, ona siymosi, insoniylik va sadoqat mavzulari yetakchi o‘rin tutishi ta’kidlandi. Shuningdek, she’rlarining samimiyligi, hayotiyligi va chuqur ma’nosi bilan ajralib turishi, inson qalbidagi eng nozik tuyg‘ularni so‘z orqali mahorat bilan ifoda eta olgan shoira ekani aytib o‘tildi.
She’riyat kechasida faol qatnashganligi uchun Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 7-“B” sinf o‘quvchilari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
