She’riyat ummoni sirlari
2022-yil 23-may sanasida Do’stlik tuman Axborot –kutubxona markazi bilan Do’stlik tuman Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda tashkil qilingan Yosh ijodkorlar mushoira kechasining tuman bosqichida “She’riyat ummoni sirlari” nomli she’riy to’plamlar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmada xalqimizning sevimli shoirasi Sharifa Salimovaning “Vatan suvrati” nomli kitobi taqdimoti tashkil qilindi.Taqdimot so’ngida shoira she’rlaridan misralar o’qidi.Shu bilan birga ishtirokchilar o’zlarining sevimli shoir va shoiralari ijodlaridan na’munalar keldirishdi.Taqdimot she’riy bahsga aylanib juda qizg’in tarzda bo’lib o’tdi.
