"She'r bilan qalblarga yoʻl" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda 3-sinf oʻquvchilari ishtirokida shoir Tursunboy Adashboyevning hayoti va ijodiga bagʻishlangan "She'r bilan qalblarga yoʻl" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida shoirning hayoti va ijodi she'rlaridan namunalar keltirilib oʻtildi. Shoirning sheʼrlari oʻquvchilar ruhiyatini yumorga moyilligini nozik tarzda ifodalashi haqida aytib oʻtildi. Suhbat davomida oʻquvchilar bilan savol javoblar oʻtkazildi va shoirning sheʼrlaridan namunalar keltirib oʻtildi. Eng faol oʻquvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Davra suhbatida 30 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.



