"Sharof Rashidov xalq farzandi" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar-IV forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Sharof Rashidov xalq farzandi" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.Tashkil qilingan ko'rgazmada 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etdi.Ko'rgazmada o'quvchilar Sharof Rashidovning kitoblari va unga bag'ishlab yozilgan ko'plab kitoblar ,gazetada chop etilgan maqolalar bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan ma'lumot oldilar. Ko'rgazma bilan 30 nafar o'quvchilar tanishib oldilar.