Sharof Rashidov tavalludining 106 yilligi munosabati bilan " Millatimiz faxri " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida Sharof Rashidov tavalludining 106 yilligi munosabati bilan " Millatimiz faxri " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Sharof Rashidovning hayoti va ijodiy faoliyati, yurtimiz rivoji uchun qo`shgan ulkan xissalari haqida aytib o`tildi.