Sharof Rashidov tavalludi munosabati bilan " O'lkamiz faxri " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Uch Tom Irrigatsiya suv xo`jaligi xodimlari ishtirokida o'lkamizning faxri, buyuk siyosatchi shoir va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludi munosabati bilan " O'lkamiz faxri " nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda AKM mutaxassislari tomonidan Sharof Rashidovning hayoti va ijodiy faoliyati yaqindan tanishtirildi. Uning yurtimiz rivoji uchun qo`shgan ulkan xissalari hamda siyosiy olamdagi faoliyati haqida ham ishtirokchilarga ma`lumotlar berib o`tildi.