"Serquyosh, hur o`lkam" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10 - dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Do‘stlik tuman Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-o'quvchilari ishtirokida "Serquyosh, hur o`lkam" mavzusida tadbir tashkil qilindi. Dastlab o`quvchilarga Davlat madhiyamiz haqida qisqacha ma`lumot berilib, so`ng jamoaviy o`yin tashkil qilindi. Tadbir qiziqarli savol-javoblar va turli mazmunli viktorina o`yinlarga boy bo`ldi. Tadbir so`nggida faol qatnashgan o`quvchilarga kutubxona markazi tomonidan elektron kitoblar taqdim qilindi.