“Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh mehribon” nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil qilindi.
Joriy yilning 14-noyabr sanasida, 16-noyabr — “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do'stlik tuman bo‘linmasi, Manas madaniyat markazi hamda 5–14-umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamkorligida “Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh mehribon” nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil qilindi.
Tadbir avvalida ushbu muhim sana haqida ma’lumotlar taqdim etilib, M. Ismoilovga so‘z berildi. Ustoz tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabrikladi. Tabrikdan so‘ng “Ustozga ehtirom” nomli kitob taqdim etilib, kitobxonlar tanishib chiqishlari uchun kutubxonaga sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida turli millat vakillarining raqslari Manas madaniyat markazi raqqosalari tomonidan ijro etildi. Tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi. Jami 47 nafar ishtirokchi qatnashdi.




