"Sen bahorni sogʻinmadingmi" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda shoira, tarjimon, jurnalist Zulfiyaxonim tavalludiga bagʻishlab "Sen bahorni sogʻinmadingmi" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. She'riyat kechasi davomida oʻquvchilar tomonidan shoira hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi, she'rlaridan parchalar oʻqildi. Shoiraning ijodiga mansub qoʻshiqqa aylangan she'rlari mehr bilan kuylandi. Shunidek kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil qilinib, Zulfiya ijodi bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.