“Sehrli olmos uzuk” kitobiga sharh berildi.
Joriy yilning 6- mart sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1– umumiy o'rta talim maktabining 2-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Sehrli olmos uzuk” kitobiga sharh berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga kitob mazmuni, undagi qahramonlar hamda asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida sodda va tushunarli tarzda hikoya qilindi. Kichkintoy kitobxonlar ertak olamiga sayohat qilib, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
Bunday tadbirlar yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning tasavvurini kengaytirish va mutolaa madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



