“Sehrli kutubxona sari” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 13-fevral sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Munisa nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining jajji, bilimga chanqoq tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Sehrli kutubxona sari” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohatdan ko‘zlangan maqsad kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda kitob ma’naviyat va ma’rifat bulog‘i ekanligini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
💎Sayohat davomida 25 nafar bolajon faol ishtirok etdi.


