“Sehrli chiroq” kitobi yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi.
Joriy yilning 21-sentyabr kuni Do‘stlik tumani Bog‘zor MFY hududida joylashgan 10-sonli “Tabassum” maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun “Sehrli chiroq” kitobi yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi.
🗣Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga kitobning mazmun-mohiyati, undagi qiziqarli voqealar va ibratli jihatlar haqida ma’lumot berildi. Kitob sharhi orqali bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish, mutolaa madaniyati va badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish maqsad qilindi.


