"Sehrgar O'z mamlakatida” nomli ertak-qissasi yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi.
Joriy yilning 21-fevral sanasida Do'atlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va kutubxonaga tashrif buyurgan bolajonlar bilan birgalikda mashhur amerikalik yozuvchi L. Frank Baumning "Sehrgar O'z mamlakatida” nomli ertak-qissasi yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi.
📚Sharh davomida asarning mazmun-mohiyati, bosh qahramon Doroti va uning sodiq do‘stlari — Somonqo‘g‘irchoq, Temirchi hamda Qo‘rqoq Arslonning sarguzashtlari haqida batafsil suhbatlashildi. Ertak-qissada do‘stlik, jasorat, mehr-oqibat va ezgulikka intilish kabi insoniy fazilatlar yorqin tasvirlangani alohida ta’kidlandi.
🔖Bolajonlar asar qahramonlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. Tadbir qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o‘tdi hamda o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.


