"Samoda chaqnagan yulduzlar" shiori ostidagi davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 25-aprel kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi " Kitobxonlik haftaligi " doirasida 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Samoda chaqnagan yulduzlar" shiori ostidagi davra suhbati oʻtkazildi.Davra suhbatida shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi haqida tushuncha berib oʻtildi.Jumladan A.Qodiriy, A.Oripov, Oʻtkir Hoshimov va M.Yusuf hayoti va ijod yoʻllari axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan keng yoritilib berildiO'quvchilar bilan savol javoblar oʻtkazildi,krossvordlar bajarildi.Davra suhbati qizgʻin baxs munozaralarga boy boldi va 25 nafar oʻquvchilar faol ishtirok etdilar.