Safarov Bahodir aka tomonidan buyuk sarkarda va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub Boburnoma asari sovg‘a qilindi.
Joriy yilning 24-fevral sanasida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasini ishtirokchisi faol kitobxonlaridan biri Safarov Bahodir aka tomonidan buyuk sarkarda va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub Boburnoma asari sovg‘a qilindi.
“Boburnoma” – bu nafaqat tarixiy asar, balki o‘z davrining siyosiy, ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tabiat manzaralari va insoniy kechinmalarini o‘zida mujassam etgan noyob manbadir. Ushbu asar orqali biz Boburning boy ilmiy-ma’rifiy merosi, uning hayoti va faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishamiz.
Bunday qimmatli sovg‘a kutubxonamiz fondini boyitib, yosh avlodni tariximizni chuqur o‘rganishga, milliy merosimiz bilan faxrlanishga undaydi.
Faol kitobxonimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusida ham shunday ezgu ishlar davomli bo‘lishiga tilakdoshmiz.
