Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 28-aprel sanasida Doʻstlik tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari va Manas MFY 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari ishtirokida tojik va oʻzbek yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Sadriddin Ayniy — Markaziy Osiyo adabiyoti va madaniyatida muhim o‘rin egallagan yirik yozuvchi, olim va jamoat arbobi ekanligi haqida o'quvchilarga malumotlar berildi . Davra suhbati davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtiran savollarni berishdi.
💥 Davra suhbati oʻquvchilarda oʻz bilimlarini yanada oshirishga hissa qoʻshdi.


