Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi rahbari M. Ismoilov tomonidan kutubxona fondi uchun 9 nomdagi 48 nusxadan iborat kitoblar hadya qilindi.
“Dunyodagi eng yaxshi sovg‘a — kitob, undan ham yaxshisi esa yana bir kitobdir”, deya bejiz aytilmagan. Bugun Yangi yil arafasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi rahbari M. Ismoilov tomonidan kutubxona fondi uchun 9 nomdagi 48 nusxadan iborat kitoblar hadya qilindi. Ushbu kitoblar aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojini oshirish, ularning ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi.




