Raxima Shomansurovaning “Qizlar kitobi” asari yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi
Joriy yilning 4-mart sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxon qizlar ishtirokida Raxima Shomansurovaning “Qizlar kitobi” asari yuzasidan batafsil sharh berildi.
Asarda qizlar odobi, hayo va andisha, ilmga intilish, ota-onaga hurmat, orzu-maqsad sari qat’iyat bilan intilish kabi muhim mavzular yoritilgani alohida ta’kidlandi. Kitobdagi hayotiy misollar va ibratli fikrlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📹 Tadbir davomida asar asosida tayyorlangan videorolik ham namoyish etildi. Rolik qizlar qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘otib, kitob mazmunini yanada chuqurroq his etishlariga xizmat qildi.
😀 Sharh davomida qizlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savollarga javob oldilar va faol ishtirok etdilar.
💬Bunday tadbirlar yoshlarimizning ma’naviy kamoloti, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.



