Rassel Kirkning "Muhofazakorlik" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 27-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Rassel Kirkning "Muhofazakorlik" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.Taqdimot davomida ushbu kitobga sharh berilib, asar mazmun mohiyati oʻquvchilarga toʻloqonli bayon etildi. Shuningdek o'quvchilarga zamonaviy axborot-kutubxona markazi faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar haqida ham ma'lumotlar berildi.



