“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
🟡Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusiga bag‘ishlanib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish masalalariga qaratildi.
Tadbir davomida yoshlar bir kun davomida smartfonlardan uzoqda bo‘lib, mutolaa qilish, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, sohaning dolzarb yo‘nalishlari, yoshlar oldida turgan vazifalar hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir samimiy va qizg‘in muloqot ruhida o‘tib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish hamda vaqtni samarali tashkil etishga undadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish va ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga xizmat qiladi.



