“Quvnoq kitobxonlar sayohati”deb nomlangan sayohati tashkil etildi.
Joriy yilning 4-mart sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan 1- umumiy o'rta ta'lim maktabning 2-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Quvnoq kitobxonlar sayohati”deb nomlangan sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning turli bo‘limlari, yangi kelgan adabiyotlar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, o‘quvchilar kutubxonamizdagi “Faol kitobxonlar” burchagi bilan tanishtirildi. Bu yerda faol kitobxonlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi va erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish haqida suhbatlar olib borildi.



