“Qonun ustuvorligi – adolat garovi” mavzusida siyosiy-adabiy tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirokida “Qonun ustuvorligi – adolat garovi” mavzusida siyosiy-adabiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi o‘rni, adolat va huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Ta’kidlanganidek, qonun jamiyatning mustahkam poydevori, davlat taraqqiyotining asosidir. Qayerda qonun ustuvor bo‘lsa, o‘sha yerda tinchlik, barqarorlik va adolat hukm suradi. Inson huquqlari himoya qilinadi, fuqarolarning erkin va farovon hayoti ta’minlanadi.
Shuningdek, adolat insoniyat azaldan intilib kelgan eng oliy qadriyatlardan biri ekani, adolat qaror topgan jamiyatda inson qadri ulug‘lanishi va qonun barcha uchun birdek amal qilishi alohida e’tirof etildi. Shu bois “Qonun ustuvorligi – adolat garovi” degan ezgu g‘oya bugungi kunning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzuga oid kitoblar va adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar



