Qiziqarli ma`lumotlar
Hayotda eng og‘ir dars — jim yurishni o‘rganishdir.
Ba’zan siz haqsiz, lekin sukut saqlaysiz.
Ba’zan yuragingiz og‘riganini hech kimga bildirmaysiz.
Ba’zan esa, hamma narsa joyida turgandek ko‘rinadi, ammo ichingizda bo‘ron kechadi...
Ammo shuni biling — jim yurish zaiflik emas.
Bu – kuchdir.
Bu – o‘zingni boshqara olish san’atidir.
Va vaqt o‘tib, hayotning o‘zi sizni tushunganlarga olib keladi.
