"Qayerda qonun ustuvor bo‘lsa, shu yerda adolat bo‘ladi” shiori ostida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Qayerda qonun ustuvor bo‘lsa, shu yerda adolat bo‘ladi” shiori ostida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko`rgazma buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy tarixiy merosini targ‘ib etish, uning adolat, qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvidagi dono qarashlarini yosh avlod ongiga singdirishga qaratildi.Ko‘rgazmada Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar, xususan “Temur tuzuklari”, tarixiy manbalar, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda Sohibqiron shaxsini yorituvchi adabiyotlar keng o‘rin oldi
