"Qadriyatlar qadr topgan yurt" shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Yurtimizga ko'klam nafasi ufura boshlagani hamonoq Navro‘z nasimini his eta boshlaymiz. Istiqlol sharofati bilan qadr topgan ko'plab bayramlarimiz qatori Navro‘z ham asl qadriyatlarimizdan biriga aylangan. Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 6 - IDUM o'quvchilari o'rtasida "Qadriyatlar qadr topgan yurt" shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.