"Orzu va maqsad sari,, mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
2026- yil 14 fevral sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxon qizlar ishtirokida "Orzu va maqsad sari,, mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o'smir qizlarni kitobxon bo'lishi. Ayniqsa, yosh qizlarning bilimli, mustaqil fikirlaydigan, o'ziga ishongan bo'lib voyaga yetishi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil ekani haqida so'z yuritildi. Ishtirokchilar o'z orzulari , kelajak kasb tanlovi va erishmoqchi bo'lgan yutuqlari haqida samimiy fikir bildirdi. Shuningdek kitob mutolaasi insoning dunyoqarashini kengaytirishi, maqsad sari qat'iyat bilan intilish esa muvaffaqiyat kaliti ekani alohida qayd etildi. Tadbir davomida savol- javoblar, fikir almashunuvi bo'lib o'tdi va qizlar faol ishtirok etdilar. Davra suhbati ko'tarinki ruhda, mazmunli va samarali tarzda o'tdi. Bunday tadbirlar yosh avlodni barkamol b'lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir davomida 15 nafar ishtirokchi qatnashdi
