“Oriyat isyoni” asariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 21-avgust sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida Nabijon Hoshimovning “Oriyat isyoni” asariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
📒📒Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, insonning or-nomusi, vijdoni, g‘ururi va hayotdagi to‘g‘ri yo‘lni tanlashi kabi masalalar haqida fikr almashildi. Kitobxonlar asar qahramonlari va voqealar yuzasidan o‘z taassurotlarini bildirib, mutolaaning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
Tadbirda 18 nafar kitobxon-o‘quvchi ishtirok etdi.



