“Oqila qizlar davrasi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 6-mart sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda 5-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Oqila qizlar davrasi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbirni ochib berish jarayonida ustozlar hamda o‘quvchi qizlarga samimiy bayram tabrigi yo‘llandi. Shundan so‘ng o‘quvchi qizlar ikki jamoaga bo‘linib, o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar. Jumladan, “O‘zini tanishtirish”, “Gul yasash”, “Savol-javob” hamda “Birgalikda bir kuchmiz” nomli shartlar asosida bellashdilar.
✅Har bir ishtirokchi qiz faol qatnashib, o‘zining iqtidor va qobiliyatini namoyon etdi. Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchi qizlarning bilimini, odob-axloqini, ijodkorligini namoyish etish hamda ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
✅Tadbir yakunida faol qatnashgan qizlar axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ushbu tadbirda jami 28 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi.



