''Oqila onalar davrasida" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan A.Navoiy MFY ning faol kitobxon ayollari ishtirokida har oyning 17-sanasi "Kitobxon onalar kuni" deb belgilanganligi munosabati bilan ayollarni kitobxonlikka keng jalb qilish, vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ''Oqila onalar davrasida" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida mashhur turk yozuvchilaridan biri boʻlmish Aziz Nesin "Ona tarbiyasi" nomli asari gapirib berildi hamda asar yuzasidan kitobxon onalar oʻz tushunchalari fikrlarini bayon etishdi. Davra suhbati barcha kitobxon onalarga birdek manzur boʻldi. Davra suhbatida 10 nafar kitobxon onalar faol ishtirok etdi.