" Oqila onalar davrasi " nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Manas MFY da istiqomad qiluvchi ayollar hamda 5-o‘rta ta'lim maktabining o'qituvchi ayollari ishtirokida " Oqila onalar davrasi " nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida qatnashuvchilar o'zlari o'qigan kitoblari to‘g‘risida fikr almashdilar, yod olgan she'rlaridan parchalar o`qildi. Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar va munozaralarga boy bo‘ldi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi.