"Oqila onalar davrasi" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Sanoatchilar mahallasining kitobxon ayollari ishtirokida "Kitobxon Onalar kuni " munosabati bilan "Oqila onalar davrasi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida barchamiz uchun sevimli adiblarimizdan biri bo`lgan Ahmad Lutfiy Qozonchining hayoti va ijodi haqida ma'lumot berildi hamda uning mashhur asarlaridan biri "Bir vijdon uyg`onur " nomli asari asosida bahs-munozara tashkil etildi. Munozara qizg`in va murosasiz bo`lib o`tdi. Davra suhbatida 12 ta kitobxon onalar ishtirok etdi.