"Oqila onalar davrasi" nomli davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 16-aprel kuni do'stlik tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan har oyning 17-sanasi "Kitobxon onalar kuni" deb belgilanganligi munosabati bilan faol kitobxon onalar ishtirokida "Oqila onalar davrasi" nomli davra suhbati o'tkazildi.Davra suhbati davomida Oqila ayol qoidalari kitobi haqida tushuncha berilib onalar fikri tinglandi.Shu bilan birga onalar o'zlari o'qigan asarlari to'g'risida bahs munozaralar tashkil etildi.Davra suhbatida 10 nafar faol onalar ishtirok etdilar.



